“Yevro-5” va undan yuqori ekologik standartlarga javob beradigan yuk mashinalari yana uch yil davomida bojxona bojlari va utilizatsiya yig‘imlaridan ozod qilinadi, deyiladi prezident bilan uchrashuvda. Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus va Termizga parvozlar sonini ikki baravar oshirish buyurildi.
O‘zbekiston Turkmanistondan yuk mashinalarini olib kirish uchun yig‘imlarni 80−100 dollarga oshirdi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Ozarbayjon uchun yuk transportining bo‘lish vaqti bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflar joriy etildi. Eron uchun stavka nolga tenglashtirildi.
Skuter va samokatda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda. Yuk mashinalari yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangani uchun jarima joriy etilmoqda. YPX xodimlaridan qoidabuzarga joyning o‘zida jarima qo‘llash vakolati olib qo‘yilmoqda. Senat shular ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.
O‘zbekistonda yuk mashinalari haydovchilariga yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangani uchun ma’muriy javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda. O‘tgan 7 oyda yuk avtotransport vositalari bilan bog‘liq 303 ta YTHda 108 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 227 nafar fuqaro jarohat olgan.
Qurbon hayiti munosabati bilan 16-iyun kuni soat 00:00 dan 10:00 ga qadar Toshkentda barcha turdagi yuk transport vositalarining harakati (kirish-chiqish, shahar ichida harakatlanish) to‘liq to‘xtatiladi.
O‘zbekistonda 2024-yildan yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalari va tirkamalariga yo‘ldan foydalanganlik uchun yig‘im joriy etiladi. Mablag‘lar avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida mahalliy ahamiyatga ega umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarida og‘ir yuklarni tashuvchi avtotransport vositalari harakatini soat 08:00 dan 22:00 ga qadar cheklash taklif etilmoqda.
Angrenda Shacman yuk mashinasi Cobalt avtomobili hamda Volkswagen, Man yuk mashinalari bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida 2 nafar haydovchi va bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi.
Qirg‘iz-qozoq chegarasidagi “Aq-Tilek” NO‘Pda yuzlab yuk mashinalari to‘plandi. Qirg‘iziston matbuotida bunga qo‘shnilarga suv yetkazish to‘xtatilgani sabab bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi. Qozog‘iston chegarachilari cheklovlar qo‘yilmagani va o‘tkazish ko‘rsatkichlari yozgi mavsumga xosligini aytishdi.
Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishdagi avtobuslarga tungi vaqtda ham yo‘lovchi tashishga ruxsat beriladi. Bunda transport vositasi ish va dam olish vaqtini nazorat qiluvchi qurilma bilan jihozlanishi kerak. Avtobusga ichki ishlar organlari hamrohlik qilmaydi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekistonda madaniy meros obyektlari bor ko‘chalarga og‘irligi 5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalarining kirishi taqiqlandi.
Buxoro viloyatidan o‘tgan M-37 xalqaro avtomagistralida YHXB xodimlari yuk mashinalaridan iborat to‘y kortejini to‘xtatdi. Mashinalar jarima maydonchasiga joylashtirildi.
2025 yilga qadar O‘zbekistonga ayrim turdagi yuk mashinalarini olib kirganda bojxona boji, utilizatsiya va avtotransport yig‘imlarining nol stavkalari qo‘llaniladi.
Yo‘llarda tirbandliklar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida soat 7:00 dan 10:00 gacha va 17:00 dan 20:00 gacha yuk mashinalari harakatini cheklash taklif etildi.
Toshkent shahrida yuk avtomobillari uchun ertalab va kechqurun cheklovlar o‘rnatilishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahar IIB YHXB tomonidan xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga taklif kiritilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting